YAY — Yangi Alifboda Yoz
YAY özbek lotin alifbosining yangi harflarini (ş, ç, ö, ğ) oddiy klaviaturada yoziş uçun kiçik Windows dasturi.
Kirill klaviaturaga örganib qolganlar uçun esa kirillda yozganini yangi lotin alifbosiga ögiradi. U tizim pastida işlaydi va faqat Özbek (lotin) yoki Özbek (kirill) klaviaturasi tanlanganda işlaydi (Win + Space). Ingliz klaviaturasiga tegmaydi. Rus klaviaturasiga faqat sozlamada yoqsangiz tegadi.
- Hajmi juda kiçik.
YAY.exeatigi 52 KB. - Internetga ulanmaydi va heçqanday ma'lumot saqlamaydi(kodni közdan keçirsangiz böladi).
- Oçiq kod. MIT litsenziyasi, kodi GitHub da.
- Bemalol Windows 7/8/10/11 versiyalarni qöllaydi.
Yuklab oliş
Versiya 1.0.0 · Windows 7 va undan yangi versiyalarni
- YAY_Setup.exe, SHA-256
64cc2d68ad478e071ed07b3ed5130a40f655d3829b25bfe0c28a5be0f11127c2- YAY.exe, SHA-256
f31ddbd8d2ae9388652d22610e324e9c32cd502449a56b2f11b5e3c08b38579e
Windows ogohlantiriş çiqarsa, Savol-javob bölimiga qarang. Eski versiyalar uçun Versiyalar sahifasiga qarang.
Qoidalar
Bir xil harfni ikki marta tez bossangiz, ular bitta yangi harfga almaşadi: ss → ş. Oddiy ikki harf kerak bölsa (Rossiya, issiq), uçinçi marta bosing: sss → ss. Keyingi bosişlar oddiy harf bölib qoladi: ssss → sss.
| Harf | Tez usul | Oddiy ikki harf | Eski usul |
|---|---|---|---|
| ş Ş | ss SS | sss → ss | sh SH |
| ç Ç | cc CC | ccc → cc | ch CH |
| ö Ö | oo OO | ooo → oo | o' O' |
| ğ Ğ | gg GG | ggg → gg | g' G' |
- «Tez» taxminan 0,35 soniya. Eski usullar (
sh,ch,o',g') tezlikka boğliq emas. - Enter, Tab va Escape tugmalariga heç qaçon tegilmaydi.
- ş dan keyin s keladigan sözlarda (işsiz, tuşsa)
sh+syozing yoki ikkinçisdan keyin biroz töxtang. - Dastur oynasida «Bitta 'c' harfini darhol 'ç' qilib yoziş» sozlamasi bor.
- Çeklov: avtomatik töldiriş bor maydonlarda (masalan, Chrome manzil satri) YAY yuboradigan Backspace harf örniga taklif qilingan matnni öçirişi mumkin.
Kirilldan lotinga
Kirill klaviaturaga örganganlar uçun: Özbek (kirill) klaviaturasi tanlansa, kirillda yozganingiz yangi lotin alifbosiga ögiriladi. Tugmalar odatdagidek, faqat ekranda lotin çiqadi.
Rus (RU) klaviaturasida bu faqat dastur oynasida «Rus (RU) klaviaturasida ham ögiriş» belgilansa işlaydi, çunki RU da rus tilida ham yozasiz. Belgilangan bölsa, rus matni ham lotinga ögiriladi: rus tilida yoziş uçun belgini olib taşlang yoki tray belgisini bosib YAY ni töxtating.
| Kirill | Lotin | Misol |
|---|---|---|
| ш Ш | ş Ş | шаҳар → şahar |
| ч Ч | ç Ç | чой → çoy |
| ў Ў | ö Ö | Ўзбекистон → Özbekiston |
| ғ Ғ | ğ Ğ | ғалаба → ğalaba |
| қ ҳ х | q h x | қалам → qalam, ҳаво → havo, яхши → yaxşi |
| ё ю я | yo yu ya | ёмон → yomon, юрак → yurak |
| е | ye söz boşida va unlidan keyin, boşqa joyda e | Европа → Yevropa, беш → beş |
| э | e | эшик → eşik |
| ц щ ы | ts şç i | цирк → tsirk |
| ъ | ʼ | маъно → maʼno |
| ь | yozilmaydi | сентябрь → sentyabr |
Shift bilan bosilgan ё, ю, я katta harf bilan boşlanadi (Юлдуз → Yulduz). Caps Lock yoqilgan bölsa töliq katta harf çiqadi (ЮЛДУЗ → YULDUZ). ў, қ, ғ, ҳ tugmalari faqat Özbek (kirill) klaviaturasida bor.
Örnatiş
YAY_Setup.exeni yuklab oling va işga tuşiring. Örnatuvçi Windows 8 va undan yangisida Özbek (lotin) klaviaturasini qöşişni va Windows bilan birga işga tuşişni taklif qiladi.- Win + Space bilan Özbek (lotin) klaviaturasini tanlang. Tizim patnisida YAY belgisi çiqadi.
- Yozib köring:
ss→ ş.
YAY.exe örnatmasdan ham işlaydi. YAY.exe /tray oynasiz, faqat tizim patnisida işga tuşadi.
Özbek (lotin) klaviaturasi Windows 8 va undan yangisida örnatuvçi yoki dastur oynasidagi tugma orqali qöşiladi. Windows 7 da tugma röyxatga yozuv qöşadi, undan keyin tizimdan çiqib qayta kiriş kerak.
Savol-javob
Windows ogohlantiriş çiqardi. Nima qilaman?
Dastur hali raqamli imzolanmagan, şuning uçun Windows SmartScreen birinçi işga tuşirişda «Windows kompyuteringizni himoya qildi» deb ogohlantirişi mumkin. Ogohlantiriş oynasida More info (Подробнее), söng Run anyway (Выполнить в любом случае) ni bosing. Yuklagan faylingiz asl nusxa ekanini yuqoridagi SHA-256 bilan tekşirib köriş mumkin: Get-FileHash YAY_Setup.exe.
YAY ni qanday töxtataman?
Tizim patnisidagi YAY belgisini bir marta bossangiz, YAY töxtaydi va belgi kulrang bölib qoladi. Yana bossangiz, qayta işga tuşadi. Ikki marta bossangiz, dastur oynasi açiladi.
Nega Enter, Tab va Escape ga tegilmaydi?
Bu tugmalarga tegilsa, brauzer va çatlarda yozganingiz tasodifan yuborilib ketişi mumkin edi. Şuning uçun YAY ularga heç qaçon tegmaydi.
Rossiya, issiq kabi sözlarni qanday yozaman?
Harfni uçinçi marta bosing: sss → ss. Masalan, Rossiya ni Rosssiya deb yozasiz.
YAY yozganlarimni saqlaydimi?
Yöq. Dastur tarmoqqa ulanmaydi va yozilganlarni saqlamaydi. Klaviatura WH_KEYBOARD_LL hook orqali kuzatiladi, almaştiriş SendInput bilan yuboriladi. Kodi açiq: GitHub.
Qaysi versiyani işlatayapman?
Dastur fayli YAY.exe ni toping, Alt + Enter bosing va Details (Подробно) bölimidagi Product version satriga qarang. Fayl qayerdaligini bilmasangiz, YAY işlab turganda Task Manager (Ctrl + Shift + Esc) da YAY ni toping va Open file location ni tanlang.
Xatolik haqida qanday xabar beraman?
GitHub Issues da yangi xabar oçing va şularni yozing: YAY versiyasi, Windows versiyasi, qaysi dasturda yozayotganingiz (Word, Chrome, Telegram...) va aynan qaysi tugmalar bosilgani. Xato yangi versiyada çiqsa, Versiyalar sahifasidan oldingi versiyani sinab köring va xato u versiyada ham bölgan-bölmaganini yozing.